Xorijiy talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasining Ta’lim bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maksim Zaysev Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkovdan kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan xorijiy talabalarga o‘qishni davom ettirish uchun Rossiga kirishiga ruxsat berishni so‘radi. 
Sputnik

TAShKENT, 31 avg — Sputnik, Lev Rijkov. Rossiya Davlat Dumasining Ta’lim bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maksim Zaysev aytishiga ko‘ra, xorijiy talabalarni Rossiya hududiga qirishiga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

"Biz hukumat bilan ushbu masalada gaplashib oldik va hozir u faol muhokama qilinmoqda. Menimcha yaqin kelajakda barcha xorijiy talabalarga Rossiya oliygohlarida o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi", - dedi deputat. 

Zaysev aytishiga qaraganda, bunday masalalar juda tez ko‘rib chiqiladi va javob hafta oxirigacha olinishi mumkin. Ya’ni 2-3 sentabr kunlari rasmiy ma’lumot beriladi.

Hozir Rossiyaga kirib kelgan talabalarga qanday cheklov choralari qo‘llanilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Talabalar  yoki 2 haftalik karantindan o‘tishi kerak bo‘ladi, yoki analiz topshirganidan so‘ng darhol o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududiga xorijiy fuqarolar kirishi 2020 filning mart oyida koronavirus infeksiyasi tufayli cheklangan edi. Iyul oyida ayrim toifadagi xorijiy fuqarolar kirishiga ruxsat berildi.