Olga Bugrova, Sputnik radiosi sharhlovchisi
Ogohlantiruvchi signallar ta’sir qilmasdi. Yo‘lovchi layneri yanada balandroq eshelonni egalladi va yana sovet havo hududini buzdi. 1983-yilning 1-sentabrida Saxalin ustida Janubiy Koreyaning Boing-747 samolyoti urib tushirildi. U Nyu-Yorkdan Seulga tomon uchayotgan edi. Samolyot bortida 269 kishi bo‘lgan.
Boing neytral suvlarga qulagan. Qidiruv operatsiyasi ikki oy vaqtni oldi. Odamlar tanasi qismlari topilmagan. Keltirilgan versiyaga ko‘ra: amerika razvedka samolyoti - "janubiy koreya samolyoti egizagi" urib tushirilgan. Layner esa sekingina Yaponiyadagi AQSh bazasida qo‘ndirilgan. Yo‘lovchilarni sukut saqlashga majbur qilishgan.
Havodagi jang
O‘sha kuni fojia yuz bergan hudud ustida AQSh razvedkachi-samolyoti - RC-135 aylangan. "U boing-737 negizida yaratilgan, ammo haddan ziyod apparatura bilan yuklatilgan va ikkita dvigatel o‘rniga to‘rttasidan foydalanilgan: uni olisdan boing-747dan farqlash qiyin", – deya hikoya qiladi Havodan hujumga qarshi mudofaa qo‘shinlari muzeyi direktori Yuriy Knutov.
"Qaysidir lahzada ikkita samolyot trassalari kesishgan. Lokatorlar ekranlarida ikkita belgi birlashgan, so‘ngra yana ajralgan, va biz hududimizga RC-135, ya’ni josus-samolyot kirib kelayapti, deb o‘ylaganmiz. U haqiqatda harbiy obyektlar ustidan ucha boshlagan, u ikki marta ogohlantirilgan, SSSR hududidan tashqariga chiqa boshlaganida esa, birinchi raketa bilanoq urib tushirishgan".
Fransiyalik avia-ekspert Mishel Brun so‘zlariga ko‘ra, 1-sentabrda Saxalin osmonida haqiqiy havo jangi yuz bergan – dengizda 9ta samolyot, shu jumladan, "josuslik apparaturasi bilan to‘ldirilgan amerika samolyotlari" qoldiqlari topilgan. Janubiy Koreya samolyotidan esa nom-nishon bo‘lmagan.
O‘yinchoqlar yordamida fokus
Yo‘lovchi laynerida odamlar bo‘lganmi yoki yo‘q? Yuriy Knutovga ko‘ra, bu savol hanuzgacha ochiq turibdi:
"Samolyot AQSh razvedkasi tomonidan tayyorlangan Janubiy Koreya ishtirokidagi fitna oqibatida urib tushirilganini isbotlovchi inkor etib bo‘lmas dalillar mavjud. Amerika havo shpionini yo‘lovchi layneri bilan almashtirib qo‘yishgan. Undan tashqari, boing-747 parvozi kuni shu hududda razvedka sputnigi "Ferret" va shpionlik bilan shug‘ullangangan kema ham bo‘lgan. Ularning vazifasi Uzoq Sharqdagi sovet havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini ochishdan iborat edi. Hatto bu yo‘lda insonlar hayotini qurbon qilishdan ham toymadilar. Ammo qurbonlar qani?.."
Knutovning ta’kidlashicha, 2020-yilning boshida SRU bitta operatsiyani maxfiylikdan chiqargan. 1960-yilda uni Kuba uchun tayyorlashgan. Yo‘lovchi samolyoti tayyorlanadi. Yaqinda joylashgan AQShdagi harbiy bazaga yetib keladi. Yo‘lovchilar tushirib qoldiriladi, samolyot bolalar o‘yinchoqlari bilan to‘ldiriladi, avtorejimda u Kuba hududiy suvlari tomon uchadi, va o‘sha yerda portlatiladi. Okeanda bolalar halok bo‘lgani dalillari asosida AQSh Kubaga urush e’lon qiladi. O‘shanda prezident Kennedi bu ssenariyni qabul qilmaydi. Ehtimol, 1983-yilda bu haqda eslab qolishgan va SSSR ortidan "yovuzlik imperiyasi" nomini mustahkamlab qo‘yish uchun endi ushbu ssenariy prezident Reyganga taklif etilgan.