Chernogoriya muxolifati rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni xato deb atadi

So‘nggi saylovlarda g‘olib chiqqan Chernogoriya muxolifati rahbari "Tarixiy va iqtisodiy aloqalar tufayli Rossiya yaxshiroq munosabatga loyiq" dedi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Chernogoriya tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash, bu xato bo‘lgan, dedi "Chernogoriya kelajagi uchun" eng yirik muxolifat koalitsiyasi yetakchisi Zdravko Krivokapich RIA Novostiga.

"Biz kichik davlatmiz, qanchalik xohlamaylik, global darajada hech qanday ta’sirga ega emasmiz. Aytishadiku, kimdir o‘t o‘radi, kimdir suv tashiydi. (tahr. serb maqoli, ma’nosi: katta, kuchli erkaklar o‘t o‘radi, yosh bolalar yoki ayollar ularga suv olib keladi). Shuning uchun, bizdek kichik mamlakat birinchilardan bo‘lib sanksiya kiritishi mumkin emas", - dedi muxolift yetakchisi. 

Krivokapich aytishiga ko‘ra, sanksiyalar birinchi navbatda Serbiyaning o‘zi uchun iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tufayli Chernogoriya o‘z chegaralarini Rossiya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina fuqarolari uchun bir oyga yopishi - xato bo‘lgan. Aynan ushbu uch davlatlar fuqarolari Chernogoriyaga tashrif buyuradigan eng ko‘p sonli turistlardir.

Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun chegaralarini ochdi

"Eslatib o‘taman, biz Plantaze vinolarini eksport qilar edik, bizga kelayotgan turistlarning aksariyati esa serbiyaliklar, Bosniya va gersogovinaliklar hamda rossiyaliklar edi", - dedi siyosatchi. 

Oldingi chiqishlarida Krivokapich "Rossiya tarixiy aloqalari hamda Serbiya iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi tufayli - yaxshiroq munosabatga loyiq" degan edi.  

Eslatib o‘tamiz, 30-avgust kuni Chernogoriyada saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, muxolifat so‘nggi 30-yil ichida ilk bor hukumat boshida bo‘lgan Sotsial-demokratik partiyadan va prezident Milo Jukanovichdan ko‘ra ko‘proq ovoz olishga muvaffaq bo‘ldi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar kuzatuvchilar tomonidan qonuniy deb topildi.

Shundan so‘ng "Chernogoriya kelajagi uchun" koalitsiyasi yetakchisi Zdravko Krivokapich, URA muxolifat harakati Dritan Abazovich va "Demokratov" yetakchisi Aleks Bechich uchrashuv o‘tkazishdi va bo‘lajak hukumat doirasida qanday hamkorlik qilishga kelishib olishdi.