Bu yil bayram mushakbozligi bo‘lmaydi

Koronavirus pandemiyasi sababli Mustaqilligi kuni munosabati bilan bayram mushakbozligi tashkillashtirilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida bu yil bayram mushakbozligi bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan har yili kechki soatlarda bayram mushakbozligi bo‘lib o‘tar edi. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbir tashkillashtirilmaydi.

Respublika Maxsus komissiyasining aholiga murojaatida ushbu ulug‘ sanani oila davrasida nishonlash tavsiya qilingan.