ArMI-2020: O‘zbekistonlik kinologlar birinchi o‘rinni egallashdi

ArMI-2020 doirasida Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan "Sodiq do‘st" kinologlar tanlovida shohsupaga Rossiya va O‘zbekiston kinologlari ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Moskva viloyatining Dmitrov shahrida ArMI-2020 Xalqaro armiya o‘yinlarining "Sodiq do‘st" tanlovining sovrinlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

To‘plangan ballar bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston kinologlari eng  yuqori natija ko‘rsatishdi. Ikkinchi o‘rinda Belarus jamoasi va  uchinchi o‘rin Aljirlik mehmonlarga tegishli bo‘ldi, - deyligan xabarda. 

"Sodiq do‘st" tanlovi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ldi:

  • dog-biatlon — individual poyga;
  • xizmat itlari bilan birgalikda 300 metrli to‘siqli yo‘lakni kesib o‘tish;
  • himoya xizmati;
  • dog-biatlon — estafeta;
  • nishonga o‘q otish.

"Sodiq do‘st" tanlovida jami 6ta komanda ishtirok etdi. Bular: Rossiya, Belarus, Uzbekiston, Vyetnam, Aljir va Isroil.

ArMI-2020: O‘zbekistonlik kinologlar birinchi o‘rinni egallashdi