ArMI-2020: O‘zbekiston Harbiy-tibbiy estafetada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Tibbiy-harbiy estafeta bo‘yicha O‘zbekiston ayollar va erkaklar jamoalari nafaqat g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, balkim o‘zlarining 2019-yilda o‘rnatilgan rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘lishdi. 
Sputnik

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. ArMI-2020 Xalqaro harbiy o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi "Harbiy-tibiy estafeta" bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

"Forish" tog‘ poligonida bo‘lib o‘tgan bellashuvda asosiy kurash Rossiya va O‘zbekiston jamoalari orasida bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari bir necha murakkab mashqlarni bajarishlari kerak bo‘ldi: to‘siqlardan o‘tish, yaralanganlarni jangovar texnikadan xavfsiz joyga ko‘chirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yaradorlarni suv havzasidan olib o‘tish kabi", - deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida. 

So‘nggi bosqich natijalariga ko‘ra, jamoalar hisobida - 2572 ball to‘plab O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallagan. Rossiya jamoasi 1513 ball bilan  ikkinchi o‘rinni egalladi. Belarus 814 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar jamoalari orasida ham o‘rinlar ushbu tartibda taqsimlandi. O‘zbekiston - 1 642 ball, Rossiya — 1 452 ball, Belarus — 554 ball. 

ArMI-2020: O‘zbekiston Harbiy-tibbiy estafetada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Keyingi o‘rinlarda Tojikiston, Vyetnam va Palestina jamoalari joylashishdi.

Shunday qilib, Xalqaro harbiy o‘yinlarning "Harbiy-tibbiy estafeta" konkursida 12857 ball bilan O‘zbekiston jamoasi g‘olib chiqdi. 

ArMI-2020: O‘zbekiston Harbiy-tibbiy estafetada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Aytish joizki Respublikaning ham erkaklar ham ayollar jamoasi o‘zlarining o‘tgan yilgi rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘lishdi. Erkaklar 2019-yilda o‘rnatilgan 07’35,9’’ vaqtni 2020-yilda 6’28,8’’ daqiqaga. Ayollar esa 11’35,6’’ daqiqadan 10’09,2’’ daqiqagacha yaxshilashga muvaffaq bo‘lishdi.

ArMI-2020: O‘zbekiston Harbiy-tibbiy estafetada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi