Olimlar qon bosimini pasaytirishning oson usulini aniqladi

Mutaxassislar zaytun yog‘ining xususiyatlarini o‘rgandilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahsulotni har kuni iste’mol qilish qon bosimini pasayishiga ta’sir qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Ovqatga birinchi sovuq ishlovda olingan zaytun yog‘ini qo‘shish yuqori qon bosimidan aziyat chekayotgan insonlar uchun zarurdir. Bu haqda MedicalXpress nashri Melburndagi La Troba universiteti olimlari tadqiqotiga asoslangan holda xabar qildi.

Qon bosimini tez tushirishning yangi usuli ma’lum bo‘ldi

Mutaxassislar zaytun yog‘ining xususiyatlarini o‘rgandilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahsulotni har kuni iste’mol qilish qon bosimini pasayishiga ta’sir qilgan.

Avstraliyalik tadqiqotchilar bir qator tajribalar o‘tkazdilar, ularda ovqatlanishning turli xatti-harakatlariga ega 50 kishi ishtirok etdi.

Olimlar zaytun yog‘i, albatta, birinchi sovuq presslash orqali olingani, kardiohimoya xususiyatga ega degan xulosaga kelishdi. Markaziy va arterial bosimni pasaytirish uchun kuniga to‘rt osh qoshiq yog‘ iste’mol qilish kifoya.