TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Agar NATO qo‘shinlari Belaruzga tajovuz qiladigan bo‘lsa Rossiya qanday yo‘l tutishini "Komsomolskaya pravda"ning harbiy sharhlovchisi, iste’fodagi polkovnik Viktor Baranes izohladi.
Avvalroq Belarus hukumati respublikaning g‘arbiy chegaralari yaqinida, xususan Polsha va Litvada NATOning faollashuvidan xavotir bildirgan edi.
Baranes aytishiga ko‘ra, Rossiyaning harbiy doktrinasiga muvofiq KXShTning biror a’zosiga qilingan har qanday hujum uning hammaga a’zolariga qilingan hujumga tenglashtiriladi. Shu bilan birga Moskva yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
"Agarda NATO provokatsiyaga qaror qilib, Belarus hududiga, Kaliningrad viloyatiga va shu bilan Rossiyaga ham bostirib kirsa, biz bor vositalar bilan kurashamiz va biz Belarusni Rossiya Federatsiyasining har qanday bo‘lagi singari himoya qilamiz. Men buni o‘zlarining qo‘shinlari va xalqlarini Belarusdagi vaziyatga aralashishga "undayotgan" Vilnyus, Tallin va Rigadagi qiziqqonlarga yo‘llamoqdaman", - dedi Baranes Sputnik Belarus efirida.
To‘liq sharhni radiopodkastda tinglang.