Lukashenko Latviya, Litva va Estoniyaning “qora ro‘yxatiga” tushdi

Latviya, Litva va Estoniya Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mamlakatlariga kirishni 5-yil muddatga taqiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Latviya, Litva va Estoniya Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mamlakatlariga kirishni taqiqladi.

Ushbu taqiq Belarusning yana 29 nafar rasmiy shaxslariga nisbatan amal qiladi.

Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

“Aleksandr Lukashenko, Belarus ichki ishlar vaziri, adliya vaziri va bosh prokurori, prezident ma’muriyatining mansabdor shaxslari, Belarus Markaziy saylov komissiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar a’zolariga Estoniya Respublikasiga kirish besh yilga (2020 yil 31-avgustdan 2025-yil 30-avgustga qadar amal qiladi) taqiqlanadi”, - deyilgan Estoniya TIV xabarida.

Latviya TIV rahbari Edgar Rinkevichning bayonotida yozilishicha, mamlakat Belarusdagi “9 avgust prezident saylovlaridagi soxtalashtirishni” hamda “tinch namoyishchilarning kaltaklanishi va jurnalistlarga qarshi jazo choralarini qat’iy qoralaydi”.

Litva tashqi ishlar vaziri Rita Tamashunene ham Belarus prezidenti va 29 nafar rasmiy shaxslarga nisbatan sanksiya joriy etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.