Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi

Buxoroda, avtomobilini davlat bayrog‘i rangiga bo‘yab olib, lekin hujjatsiz yurgan haydovchining transporti jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Buxoroda o‘z ixtiyoti bilan avtomobil rangini O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglariga bo‘yagan fuqaroning harakatlariga chek qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Buxoro shahar IIBB matbuot xizmati.

Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T. F., 31-avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi bo‘ylab o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” avtomobilini davlat bayrog‘iga bo‘lyagan holda, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz haydab ketayotgan vaqti YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, avtomobilni boshqarganda haydovchida ,qonun tomonidan belgilangan hujjatlar: sug‘urta polisi, haydovchilik guvohnomasi va avtomobil qayd etish guvohnomasi bo‘lishi kerak. 

Shuningdek, maxsus ruxsatnoma olmasdan turib avtomobil rangini o‘zgartirish ham ta’qiqlanadi.

Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi