TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Bugun, 30-avgust kuni Namangan – Andijon – Marg‘ilon – Qo‘qon elektrlashtirilgan halqa temir yo‘lining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Farg‘ona vodiysida halqa temir yo‘li ishga tushdi
© Uzbekiston temir yullari
Ushbu tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilov hamda tizimdagi qator korxona-tashkilotlar rahbarlari, boshqarma boshliqlari, shuningdek, mehnat faxriylari, Namangan shahar hokimi va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Farg‘ona vodiysida halqa temir yo‘li ishga tushdi
© Uzbekiston temir yullari
Tadbir ishtirokchilari dastlabki elektropoyezdining ilk yo‘lovchilari bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.