Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqmoqchi

Bir necha kun oldin Sindzo Abee 2012-yildan 2020-yilga qadar Yaponiya bosh vaziri lavozimida eng uzoq muddat davomida bo‘lgan kishi sifatida rekord o‘rnatgan edi. 
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Bosh vazir Sindzo Abe sog‘ligi tufayli iste’foga chiqmoqchi deb xabar qilmoqda Yaponiyaning NHK telekanali.

Bir necha kun oldin Abe Tokiodagi shifoxonaga tashhis uchun murojaat qilgan va 24-avgust kuni u tashhis natijalarini bilish uchun shifoxonaga yana bir marotaba borgan.

Yaponiyada 2020-yilgacha uchar avtomobillar paydo bo‘lishi mumkin - Sindzo Abe

Sindzo Abeda surunkali yazvali kolit kasali bor. Bu yo‘g‘on ichak shilliq qatlamining yallig‘lanishi bo‘lib, 2006-yilda iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan edi.

2012 yilda Abening sog‘ligi yaxshilanib u yana bosh vazir lavozimiga saylangan edi. 24-avgust kuni uning ushbu lavozimda ishlash muddati 2799 kunni tashkil qilib Yaponiya premyer-ministri lavozimida eng uzoq ishlagan kishi sifatida rekord o‘rnatgan edi. 

Telekanal xabarigi ko‘ra, dushanba kuni Abe o‘zining so‘runkali kasali yana og‘irlashganidan xabar topgan va iste’foga chiqishga qaror qilgan. Bosh vazir aytishiga qaraganda "uning sog‘liq muammolari siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir qilmasligi uchun". Ushbu kasallik davomida bemor tez-tez kuchli og‘riqlar his qilishi mumkin.