Rossiyalik chempion o‘z to‘yida qallig‘ini haydab soldi, dugonalar esa uning yonini olmoqda

O‘tgan haftada erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni Zaurbek Sidakov o‘z to‘yidan qallig‘i haydab solgani haqida xabar berilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni Zaurbek Sidakov o‘z to‘yidan qallig‘i Madinani haydab solgan edi. Uning dugonalari, ayol go‘yo eskort-xizmatlari sohasida ishlagani haqidagi ma’lumot yuzasidan izoh berishdi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Kurash bo‘yicha jahon chempioni o‘z to‘yida qallig‘ini haydab soldi

Eslatib o‘tamiz, to‘y marosimi ayni qizigan pallada sportchi va bir necha mehmonlar telefoniga videorolik kelib tushadi, unda qallig‘ behayo ko‘rinishda aks etgan. Kuyov qallig‘ining sochidan ushlab, restorandan haydab yuboradi.

Buzilgan to‘ydan keyin qiz "hatto o‘z oilasi tomonidan ham qabul qilinmadi", shuning uchun u Moskvaga qochishga majbur bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Dugonalar Madinaga nisbatan bildirilgan ayblar tuhmat deb aytishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qiz badavlat oiladan, shuning uchun pulga muhtoj bo‘lmagan, “faqat o‘zi uchun” fitnes-murabbiy bo‘lib ishlagan.  

Shu bilan birga, qallig‘ni qoralovchi video esa bir necha yil oldin, Madina boshqa erkak bilan uchrashganda suratga olingan. Biroq, erkak turmush qurganligi sababli, ular orani ochiq qilishga majbur bo‘lishgan.

“O‘sha vaqtdan beri bir necha yil o‘tdi, Madina esa Zaurni chin yurakdan sevib qoldi”, -deydi dugonalardan biri.

Dugonalarning so‘zlariga ko‘ra, Madina sobiq sevgilisining xotinini ranjitgan, ayol erining telefonidan videorolikni “topib”, qasos olish qulay fursat kutib turgan.

Bundan oldin esa "qalliqning sobiq sevgilisi undan o‘ch olish maqsadida buni uyushtirdi", deb aytilgandi.