“Harbiy ralli”: o‘zbekistonliklar pulemotdan otish mashqida “bronza” natija qayd etdi

Musobaqa ishtirokchilari pulemotni tezkorlik bilan o‘rnatish, o‘q solish hamda 10 soniyaga paydo bo‘ladigan nishonlarga o‘q otish mashqlarini bajarishdi. Buning uchun atigi 50 o‘q berilgan.
Sputnik

Rossiyaning “Tigr” ekipaji mashqni 1 minut 50 soniyada bajarib, 9 ta nishonga tegishdi – bu bilan  eng yaxshi natija ko‘rsatib, “oltin”ni qo‘lga kiritdi.

11 soniyaga yaxshilagan Belarus harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Avvalgi natijani 23 soniyaga yaxshilagan O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘rinda.