"Makkor taktika"- ekspert Suriyada RF va AQSh harbiylari o‘rtasida yuz bergan voqea haqida

Vashington Rossiyani Suriyadagi nizolarga barham berish protokollarini buzganlikda aybladi. Shu haftada Suriya shimolida Rossiya patruli va AQSh harbiy kuchlari avtotransporti to‘qnashuvi oqibatida bir necha amerikalik askarlar jarohatlandi.
Sputnik

Oq uy Rossiyani Suriyadagi nizolarga barham berish protokollarini buzganlikda aybladi. Sputnik radiosi efirida "Rossiya ofitserlari" ekspertlar kengashining a’zosi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiyev vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi

AQSh Rossiya harbiylarini Suriyada amerikalik askarlar jabrlangan yo‘l-transport hodisasini qo‘zg‘atishda aybladi.

"Rossiya mashinasi Suriyaning shimoliy-sharqida (AQSh boshchiligidagi - tahr.) koalitsiyaning zirhli mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, natijada mashinadagi ekipaj a’zolari jarohat oldi", - deyiladi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Ulliot bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni oldini olish maqsadida Amerika zirhli mashinasi voqea joyini tark etdi.

Vashingtonning aytishicha, "bunday xavfli va nokasbiy harakatlar" mojarolarning oldini olish bo‘yicha Rossiya-Amerika kelishuviga ziddir.

Ulliotning ta’kidlashicha, AQSh eskalatsiyani istamaydi, ammo "dushmanlik harakatlaridan o‘zini himoya qilish bo‘yicha dahlsiz huquqga ega".

Rossiya tomoni bu ayblovlarni rad etdi. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro koalitsiya Suriyada Rossiya karvonining o‘tishi to‘g‘risida oldindan ogohlantirilgandi.

Shunga qaramay, AQSh harbiylari Rossiya patrul xizmatiga to‘sqinlik qilishga urinishgan.

"Bunga javoban RF Qurolli kuchlari harbiy politsiyasi nomaqbul hodisa oldini olish va belgilangan vazifani bajarish uchun zarur choralarni ko‘rdi", - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Sputnik radiosi efirida Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, “Rossiya ofitserlari” ekspertlar kengashi a’zosi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiyev ta’kidlashicha, Amerika tomoni ma’lum bir amaliyotni ishlab chiqqan: qilmagan harakatlari uchun raqibini ayblash.

"AQSh firibgarona taktikani tanladi: ular o‘zlari muayan shartnomalarni, kelishuvlarni buzadilar-da, darhol Rossiyani ularni buzganlikda ayblashga shoshilishadi. Ya’ni bu yerda quyidagi prinsip amal qiladi: eng yaxshi mudofaa - bu hujum. Ular biz kechirim so‘rashimizni istashadi. Go‘yoki, ruslar o‘zlarini aybdor bilib kechirim so‘rashsin, biz esa kelishuvlarni buzishda davom etamiz, ruslar aybdor bo‘ladi, biz esa oppoq va yumshoqligimizcha qolamiz. Bu fosh etilishi kerak bo‘lgan juda hiylakor firibgarona taktikadir. Ular Rossiyani ayblagan hollarda, aslida o‘zlari buzg‘unchilardir. Aytishadiku, o‘g‘rining ko‘zi o‘ynar. Ular xalqaro huquqni xohlagancha burishmoqda", - dedi Aleksandr Perendjiyev.