Xitoy sudi qozog‘istonlik qizga umrbod qamoq jazosini o‘zgarishsiz qoldirdi

Narkotik modda bilan qo‘lga tushib, Xitoyda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan qozog‘istonlik qiz Aqjarqin Turlibayning himoyasi, uni o‘z vataniga qaytarilishi umidini yo‘qotmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Xitoyning apellyatsiya sudi muqaddam Guanchjou sudi tomonidan qozog‘istonlik Aqjarqin Turlibayga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. U giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovi bilan umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.

Himoya tomoni 2019-yil oxirida Guanchjou sudi tomonidan chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini taqdim qildi, dedi mahkumning advokati.

Biroq, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi - Aqjarqin Turlibay Xitoy qamog‘ida qoladi.

Advokat qozog‘istonlik qiz jazosini o‘tash uchun Xitoy Xalq Respublikasidan Qozog‘istonga o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi.

"O‘tkazish shartlaridan biri bu mahkumning yozma roziligi. Hozirda himoya tomoni, Aqjarqin Turlibay oilasi Aqjarqinni Qozog‘istonga o‘tkazish tartibini imkoni bor deb ko‘rishmoqda. Himoya tomoniga Aqjarqinni Qozog‘istonga o‘tkazilishining aniq muddatlari ma’lum emas, ammo biz uning iloji boricha tezroq qaytarilishidan manfaatdormiz",  -deb ta’kidladi Turlibay advokati.

Aqjarqin Turlibay ishi

Qozog‘istonlik talaba Aqjarqin Turlibay 2014-yil mart oyida Guanchjou aeroportida hibsga olingan edi. O‘sha paytda qiz 20 yoshda edi, u giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ushbu qaror apellyatsiya sudi tomonidan bekor qilindi. 2016-yil noyabr oyida o‘tkazilgan apellyatsiya sud majlisidan so‘ng, sud hayati qaror qabul qilish uchun maslahat xonasiga chiqib ketgan. Hukm uch yil o‘tgach, Guanchjou sudida 2019-yil 27-dekabrda e’lon qilindi va shunda ham u o‘zgarishsiz qoldirildi.

Turlibay Qozog‘istonga qaytarilgan taqdirda uni nima kutmoqda

U qaytib kelgach, Qozog‘iston sudi ishni ko‘rib chiqishi va bu ish ushbu shaxs sudlangan moddalar bo‘yicha moslashtirilishi kerak bo‘ladi, dedi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shaxrat Nurishev.

Xitoyda bu qiz 347-chi - "Narkotik moddalarni kontrabandasi, savdosi, tashish va tayyorlash" jinoiy moddasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bunday jinoyat uchun 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki muddatsiz ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi, shuningdek mol-mulki musodara qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qozog‘istonda bunday jinoyatga Jinoyat kodeksining 297-moddasi - "Sotish maqsadida narkotik moddalar, psixotrop moddalar va ularning analoglarini tayyorlash, qayta ishlash, sotib olish, saqlash, tashish"ga mos keladi. Aqjarqin Turlibay holatida esa mol-mulkini musodara qilish bilan 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash ko‘zda tutiladi.