Inson ilk bor OIVni immunitet yordamida yengdi

Bu OIV ustidan dunyoda qayd etilgan uchinchi g‘alaba bo‘ldi. Birinchi va ikkinchi holatlarda kuchli tibbiy muolajalar qo‘llanilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Olimlar OIV infeksiyasini halos bo‘lishning noyob holati haqida xabar berishdi, deb yozadi "Vzglyad" gazetasi.

Massachusets texnologiya institutining Ragon instituti va Garvard tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, 1992-yilda OIV tashhisi qo‘yilgan ayol, ehtimol hech qanday davolanishsiz infeksiyani yengishga muvaffaq bo‘ldi. Shifokorlar ta’kidlashiga ko‘ra, 66 yoshli Lorin Uillenberg virusni o‘z immuniteti bilan bostirishning noyob qobiliyatiga ega, uning organizmi infeksiyaga qarshi tabiiy yo‘l bilan kurashadi.

Bemorning o‘zi, u hech qachon virusdan davolanmaganligini ta’kidlaydi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar uni yigirma yildan ziyod vaqt davomida kuzatib kelishmoqda va so‘nggi standart sinovlar natijalari Uillenberg tanasida OIV infeksiyasining hech qanday izlari aniqlamagan.

OITS - zamon vabosi

Ilg‘or texnologiyalarning biri yordamida bemor qonining 1,5 milliard hujayralari tahlil qilinganida virusning mayda zarralari aniqlandi. Biroq, shifokorlarning fikriga ko‘ra, bemorning immun tizimi ularni ko‘payish qobiliyatini yo‘q qilgan.

Ayni paytda dunyoda OIV-infeksiyasidan davolashning ikki holati tasdiqlangan. Bular amerikalik Timoti Rey Braun va "Londonlik bemor" Adam Kastilyexo; qon saratonini davolash uchun ularga suyak iligi o‘tkazilgan edi.

Iyul oyida Sputnik radiosi braziliyalik olimlar OIV-infeksiyasidan halos bo‘lganlikning ehtimoliy uchinchi holatini e’lon qilishganini xabar qildi. 36 yoshli erkak bemorga agressiv deb nomlanadigan davolash usuli qo‘llanilgan. Unga antiretrovirus dori vositalari, shuningdek, nikotinamid (V3 vitamini) berildi, u esa yuqtirilgan hujayralarni latent virusni uyg‘otishga majburlaydi va uni immunitet uchun zaif qilib qo‘yadi.