TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Mo‘ynoqning yangi aeroporti ishga tushdi va u birinchi samolyotni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
Qayta ta’mirlangan aeroportga bugun ilk marta Airbus A320 samolyoti qo‘ndi. Salkam 30-yillik tanaffusdan so‘ng amalga oshirilgan ilk parvozni Uzbekistan Airways kompaniyasi tomonidan Urganch - Mo‘ynoq yo‘nalishida amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan asrning 1960-yillarida barpo etilgan ushbu aeprortga ta’mirlinishiga qadar faqat An-2, An-24 va Yak-40 samolyotlari qo‘ngan.