Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

BSST COVID-19 ga qarshi vaksinalar tabiiy immunitetga qaraganda virusga yanada kuchliroq immunitetni shakllantiradi deb umid qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Koronavirusga qayta chalinish ehtimoli mavjud, ammo bu vaksinaning foydasizligini anglatmaydi, BSST favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

"Bu biz vaksina uchun qilayotgan harakatlarimizni o‘zgartirmaydi. Bu boshqa masala - odamlar o‘ylashadiki bu vaksina ishlamaydi. Ammo bu unday emas. Biz vaksinalarni ishlab chiqishda davom etmoqdamiz va bu borada ajoyib yutuqlarga erishdik... Ha, takroriy yuqtirish ehtimollari bor, ammo bizda odamlar yuqtirishini oldini oladigan usullar ham bor", - dedi Van Kerkxove BSSTning Tvitterida uzatilgan onlayn-brifing davomida.

Avvalroq BSST vakili Margaret Xarris tashkilot COVID-19 bilan takroriy yuqtirish holatlarini istisno etmasligini ma’lum qildi, ammo hozirgi paytda bu kam uchraydigan holatlar. Xarrisning ta’kidlashicha, BSST COVID-19 ga qarshi vaksinalar tabiiy immunitetga qaraganda virusga yanada kuchliroq immunitetni shakllantiradi deb umid qiladi.