O‘zbekistondan 42,7 tonna shaftoli Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilindi

Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozog‘istonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.

Bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston bozorlarida O‘zbekiston uzumlari sotilmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-avgust holatiga qiymati 36,3 million dollarga teng bo‘lgan 47,7 ming  tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga ko‘p.

Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi ya’ni, 16,7 ming tonnasi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozog‘istonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.