AQSh ayblovlari Berlinni dollardan voz kechishga majbur qilmoqda

Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri loyihasida ishtirok etayotgan nemis kompaniyalarini jazolash bo‘yicha AQShning doimiy tahdidlari tufayli, Germaniya matbuoti o‘z vazirlar mahkamasiga tobora radikal talablar qo‘yishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri loyihasida ishtirok etayotgan nemis kompaniyalarini jazolash bo‘yicha AQShning doimiy tahdidlari tufayli, Germaniya matbuoti o‘z vazirlar mahkamasiga tobora radikal talablar qo‘yishni boshladi.

Harbiy dengiz floti "Shimoliy oqim-2"ni qurayotgan kemalarni o‘z himoyasiga oldi

Ish savdo to‘laligicha yevroga o‘tkazilishi talablarigacha bordi.

Argumenti.ru Germaniyaning Der Spiegel jurnalining nashriga asoslanib xabar berishicha, Yevropa boshqa endi boshini qumga yashirolmaydi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar qat’iy qarshi choralar ustida ishlashlari, o‘zlarini himoya qilishlari shart.

Rossiya gazini sotib olish bilan Germaniya Rossiyani moliyalashtirishiga oid Vashingtonning Berlinga barcha da’volari Germaniyada shunchaki kulgili deb nomlanmoqda. Gap shundaki, Germaniya tomoni "Gazprom"dan 9 milliard dollarlik gazni sotib olgan bir paytda, AQShning o‘zi Rossiyaning 7 milliard dollarlik xom neftini sotib olgan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqidagilar sovuq havo paytida amerikaliklar hatto ruslarga Yamaldan Bostonga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz uchun minnatdor bo‘lishganini hamon yaxshi eslashadi.

Biroq, hatto bu oddiy dalillar ham Germaniyaning butun boshli portlari va shaharlari iqtisodiyotini yakson qilish bilan tahdid qilayotgan Amerika yetakchisi Donald Tramp va uning ma’muriyati pozitsiyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatolmayapti. Der Spiegel yozishicha, buning ustiga, "agar AQShning Yevropadagi eksterritorial sanksiyalariga rioya qilinsa, bu Yevropa qonunlarini buzish bo‘ladi. Shu tariqa, Mukran porti va 120 ga yaqin Yevropa korxonalari rahbarlari oldida mushkul tanlov turibdi: AQSh sanksiyalariga duch kelish yoki Yevropa qonunchiligini buzish".

AQShga demarsh: Yevropa “Shimoliy oqim-2” tufayli norozilik bildirdi

Agar ilgarilari Germaniyaning barcha takliflari Jahon Savdo Tashkilotida (JST) yoki xalqaro sudlarda yuridik tortishuvlar bilan chegaralanib qolgan bo‘lsa, endi esa yanada radikal takliflar bildirila boshlandi. Der Spiegel endi nafaqat Amerikaning suyultirilgan gaziga bojxona to‘lovlarini oshirishni, balki Amerika qurollariga milliardlab dollar sarflashni to‘xtatishni ham taklif qilmoqda. Xususan, F-18 qiruvchilari uchun. Va hatto Germaniya kompaniyalariga tahdid solayotgan AQShning barcha siyosatchilarining Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlashni ham.

Bundan tashqari, Vashingtonning sanksiyalariga munosib javob qaytarish maqsadida, nemis tahlilchilari "yevroni dollar bilan bir qatorda haqiqiy global valyutaga aylantirishni taklif qilishmoqda. Buning uchun kelajakda Yevropa kompaniyalari savdoni aynan yevroda amalga oshirishlari kerak bo‘ladi".

Sputnik radiosi ilgari xabar berishicha, "Sberbank" boshqaruv raisi German Gref Rossiya iqtisodiyoti koronavirusning oqibatlari bilan Yevropa va Amerikadan yaxshiroq kurasha olishini aytdi.