Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yo‘lini aytdi

Shifokor aytishiga ko‘ra, infarkt, insult va saraton xavfini oldini olish uchun haftasiga uch marta, kuniga 30 daqiqa davomida velosiped haydash kifoya.
Sputnik

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Hatto qisqa jismoniy mashqlar ham infarkt, insult va saraton xavfini kamaytirishga sezilarli yordam beradi. Ushbu kasalliklarning oldini olish uchun haftasiga 3-marta, kuniga 30 daqiqa davomida velosiped haydash kifoya.

Bunday fikr bilan shifokor-endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlova o‘zining Instagram sahifasida o‘rtoqlashdi.

Shifokor, boshdan yurak xurujini o‘tkazgan 27 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ishtirok etgan tadqiqot haqida gapirib berdi. Ulardan qon namunalari olindi, vazni torttirildi, bo‘yi va bel atrofi o‘lchamlari olindi, shundan so‘ng tajriba ishtirokchilariga uch oy davomida haftasiga uch marta yarim soatdan velosipedda sayohat qilish taklif qilindi.

Bu vaqt ichida tajriba ishtirokchilarining qonidagi yaxshi xolesterin darajasi deyarli chorakka oshdi. Bundan tashqari, sinovdan o‘tayotganlarda estradiol darajasi 45 foizga kamaydi. Pavlovaning ta’kidlashicha, bu ayollar jinsiy gormoni yurak-qon tomir baxtsiz hodisalaridan to‘satdan o‘lim xavfi bilan bog‘liq.

"Hullas, pedalni bosing va umringizni uzaytiring!" - deb xulosa qildi Pavlova.