O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova vafot etdi

25 avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi.

Dilbar Ikromova "Kelinlar qo‘zg‘aloni", "Chimildiq", "Dev bilan pakana", "Devona", "Afg‘on", "Oyqiz ertagi" kabi juda ko‘plab filmlarda turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.