Samarqand 1-sonli tug‘ruq majmuasi bosh vrachi vafot etdi

Tajribali shifokor, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva 56 yoshida olamdan o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg — Sputnik.  Tajribali shifokor, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva olamdan o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gulnora Jo‘rayevaga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. Davolanish yaxshi o‘tdi, ayol kasallikdan xalos bo‘ldi, qonda COVID-19 testi salbiy natijani ko‘rsatdi. Ammo virus asoratlarni keltirib chiqardi. Gulnora Jo‘rayeva pnevmoniyadan vafot etdi.

Samarqand 1-sonli tug‘ruq majmuasi bosh vrachi vafot etdi

Gulnora Jo‘rayeva 1964-yilda Samarqandda tug‘ilgan. 1988-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini bitirib, mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyat Denav tumani markaziy shifoxonasida boshlagan. U  Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy shifoxonasida akusher-girekolog, Samarqand shahar 4-son tug‘ruqxonasi 1-doyalik bo‘limi mudirasi, viloyat onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish markazi 1-doyalik bo‘limi mudirasi va direktor o‘rinbosari, shahar 2-son tug‘ruqxonasi bosh vrachi, viloyat perinatal markazi bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Gulnora Jo‘rayeva 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bosh vrachi lavozimida mehnat qildi.