TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi Termizda davolanmoqda. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
"Ayni damda jarohatlangan o‘zbekistonlik – "So‘g‘diyona trans" korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazildi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga noma’lum jangarilar guruhi tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Unda ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘lgan va bir nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan edi. "So‘g‘diyona trans" korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.