O‘zbekistonda koronavirus: 23-avgustning asosiy xabarlari

Ayni damda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning 90% - 34 894 kishi virusdan to‘liq tuzalib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus haqida 23-avgustning asosiy xabarlari.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi sutka davomida O‘zbekistonda 458 kishi koronavirusga chalingan.

Soat 17:00 holatiga O‘zbekistonda 38 870 kishiga COVID-19 tashhisi qo‘yilgan. Ayni damda infeksion shifoxonalarda davolanayotganlar soni 3 705 kishini tashkil qilmoqda. 

Bir sutka davomida tuzalib ketganlar soni esa 543 kishini tashkil qilmoqda. Shunday qilib ayni damda tuzalib ketganlar umumiy soni 34 894 kishini tashkil qilmoqda. Bu jami kallanganlar orasida 90%ni tashkil qiladi. 

Koronavirus qurbonlari soni 271 kishiga yetdi. Kecha 22-avgust kuni COVID-19 oqibatida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgan edi. 

Jahon miqyosida koronavirusga chalinganlar soni 23,1 million kishidan oshib ketdi. Ulardan 14,8 million kishi tuzalib ketgan, 803 ming kishi vafot etgan.