TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Belarus muxolifati prezident Aleksandr Lukashenko ketishini "Venesuela ssenariysi" bo‘yicha amalga oshirishni istaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, "Territoriya smislov" yoshlar forumida.
"Muxolifat faqat bitta maqsad yo‘lida - Belorussiya prezidentini ketishini talab qilish uchun muzokaralar taklif qilmoqda. Undan so‘ng ular o‘z dasturlarini taklif qila boshlaydilar. Bu xuddi Venesuelaga o‘xshaydi. U yerda ham amaldagi prezidentni bir zumda hukumatdan tashqarida deb e’lon qilingan edi", - dedi Lavrov.
Lavrov aytishiga qaraganda, belarus muxolifatining ayrim takliflari - umuman noqonuniy. Masalan, ularning kuch ishlatish tizimlariga qilingan "xalq tomoniga o‘tish" taklifi. Bu ushbu tizimlar qilgan qasamodni buzishga undash bilan teng.
"Ushbu ishlarni boshqarayotgan kishilar o‘z jiddiy xatolarini tezda tushunishdi va bu g‘oyalar "soyaga" tortildi, lekin ular bir karra jaranglab bo‘lgan edi", - deydi vazir.
Hozir qo‘shni respublikada vaziyat barqarorlashmoqda, lekin bu narsa hammaga ham ma’qul emas. G‘arbda yashayotgan ayrim belorussiyalik muxolifatchilar vaziyatga tashqaridan aralashmoqchi bo‘lishmoqda. Ular qon to‘kilishini, hozir tinch namoyish o‘tkazayotgan muxolifatchilar va ularga tegmayotgan Belarus kuch ishlatar tizimlari orasida fitna uyushtirishni istaydi, dedi Sergey Lavrov.
Lavrov Ukrainada muxolifat va hukumat orasida olib borilgan muzokaralarda G‘arb davlatlari (Germaniya, Polsha) hamda YeHXT o‘rtakashligining ayanchli oqibatlarini ham esga oldi. O‘shanda barcha tomonlar guvohligida erishilgan bitimning ertasiga, muxolift - biz boshqacha bo‘lishini xohlamaymiz, deb barcha kelishuvlarga zid yo‘l tutgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidenti saylovida Aleksandr Lukashenko 80 %, muxolifatchi Tixanovskaya 10 % ovoz to‘plagan edi. Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan muxolifatchilar yangi saylovlar o‘tkazishni talab qilib, mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkaza boshladi. Aleksandr Lukashenko yangi saylovlar faqat yangi konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng o‘tkazilishini va’da berdi.