O‘zbekiston bizning muhim hamkorimiz – Qozog‘iston savdo vaziri

Qozog‘ison savdo va integratsiya vaziri ikki respublika rahbarlari – o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni buyurganini eslatib o‘tdi.
Sputnik

Qozog‘ison savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanov O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning hal qiluvchi hamkori ekanini aytib o‘tdi. 

“Biz Toshkentni Markaziy Osiyodagi muhim hamkorimiz hamda eng yirik savdo bozori deb hisoblaymiz. Ikki respublika rahbarlari bizning oldimizga yaqin yillar ichida o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘yishgan”, - dedi Sultanov.

Savdo vaziri aytishiga ko‘ra, ayni damda yaratilayotgan “Markaziy Osiyo” - Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu o‘rinda juda muhim ahamiyatga ega. Qozog‘iston va O‘zbekiston ayni damda uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqarishga kirishishgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mutaxassisla ushbu markaz ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkinligini xabar qilishgan edi.

“Markaziy Osiyo” – o‘ziga xos “quruqlik porti” bo‘lib, u tovarlarni Yevropadan Osiyoga va Osiyodan Yevropaga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston uchun Markaz o‘z mahsulotlarini Rossiya va Yevropa bozorlariga yetkazib berishga xizmat qilishi mumkin.

Undan tashqari, Markaz - sanoat klasterlari yaratishda qulay bo‘lishi va loyihaga kuchli iqtisodiy impuls berishi mumkin.

Qozog‘iston savdo vazirining so‘zlarini audiopadkastimizda tinglashingiz mumkin.

O‘zbekiston bizning muhim hamkorimiz – Qozog‘iston savdo vaziri