Moskvada migrantlar qulligi haqida film suratga olinmoqda

Moskvada do‘kon egalari qullikda ushlab turgan migrantlar haqida film suratga olinmoqda. Bu o‘zbekistonlik rejissorning debuti.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Moskvada zamonaviy qullikka bag‘ishlangan "Produkti 24" filmining suratga olish jarayoni olib borilmoqda. Rejissor Mixail Borodinning ushbu debut ishi "Golyanovo qullari" haqida hikoya qiladi.

Rejissorning o‘zi ham O‘zbekistonda tug‘ilgan. Shu bilan birga, rejissor kino haqidagi Cinemaholics mustaqil nashr bilan suhbatda, "film zo‘ravonlik paradiga aylanmasligi" va tomoshabinni o‘zidan qaytarmasligi uchun voqeani o‘zgartirishga to‘g‘ri kelganini aytdi.

"Sobiq Sovet respublikalaridan kelgan migrantlarning muammolarini jiddiy ko‘taradigan yagona film Sergey Dvorsevoyning "Ayka" ekanligi meni hayron qoldirdi va qayg‘uga soldi. Men bu masalani yanada chuqurroq davom ettirilishini istardim. Ba’zi odamlar mutlaqo huquqsiz holatda, boshqalar esa bundan foydalanishmoqda. Bunday masalalar meni hayajonga solmoqda, ammo ular haqida gap bahslar yo‘q", - dedi Borodin.

Suratga olish jarayoni poytaxtda 5-avgustdan boshlandi, filmga teatrning taniqli bo‘lmagan artistlari va kino debutantlari taklif etildi. Rejissor tan olishicha, avvalo u rollar uchun eng o‘xshash odamlarni topishga harakat qildi.

"Golyanovo qullari" tarixi Moskvada yuz bergan haqiqiy voqeadir. Do‘kon egasi qullikda 12 kishini ushlab turgan - Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini. Migrantlar kaltaklanardi, qizlar zo‘rlanardi. Ushbu voqea deyarli yaxshi yakun topdi - migrantlar huquq himoyachilari tomonidan ozod qilindi, ammo do‘kon egalari jazodan qutulishga muvaffaq bo‘lishdi.