O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi O‘zbekistonga nima beradi?

Diplomat ta’kidlashicha, kuzatuvchi maqomi O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan kelgusida yaqinlashish uchun eng maqbul variantni aniqlashga imkon beradi.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomi O‘zbekistonga tashkilotdagi integratsiya jarayonlarini ichidan kuzatishga imkon beradi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi elchisi Vladimir Turdenev “Dunyo” nashriga bergan intervusida aytdi.

“Biz o‘zbekistonlik sheriklarning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga ushbu bosqichda kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilish istagini olqishlaymiz. Ishonchim komilki, bu maqomga ega bo‘lish O‘zbekistonga Yevrosiyo integratsiyasi jarayonini ichidan kuzatishga imkon beradi”, - dedi Turdenev.

Diplomatning ta’kidlashicha, kuzatuvchi maqomi O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan kelgusida yaqinlashish uchun eng maqbul variantni aniqlashga imkon beradi.

YeOII – 2015-yil 1-yanvardan boshlash faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston - ittifoq a’zolari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi boshida Oliy majlis senatorlari O‘zbekistonning YeOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullashgandi. Bu masala bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.