Samarqandda Turkiya bosh konsulxonasi ochiladi

“O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorligini rivojlantirishto‘g‘risidagi” qarorga asosan ga asosan O‘zbekiston - Turkiya koordinatsion markazi ishga tushadi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Samarqandda Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasi ochiladi. Bu haqiida  Vazirlar Mahkamasining 18-avgustda qabul qilingan 494-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

“Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda  2020 yil oxiriga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasini ochishda amaliy yordam ko‘rsatilsin”, - deyilgan qaror matnida.

Shuningdek qarorda Turkiyaning Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida O‘zbekistonning faxrli konsullari tayinlan masalalari ham qo‘yilgan.

Undan tashqari, “O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risidagi” qaror matnida ikki davlat orasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Koordinatsion markaz yaratish, o‘zaro loyihalarni amalga oshirishda amalyi yordam ko‘rsatish, turkiyalik investorlar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar qo‘yilgan.

Hujjat 19-avgustdan boshlab kuchga kirgan.