Xorijlik talabalar karantindan o‘tganidan so‘ng o‘qishni davom ettirishi mumkin

Rossiyada 1-sentabrga qadar aviaparvozlar cheklovlari saqlanib qolsa, chet ellik talabalar masofadan turib o‘qishiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Rospotrebnadzor ta’lim muassasalarida COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni chop etdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, chet ellik, shu jumladan o‘zbekistonlik talabalar ham, mamlakatga kelgach 14 kunlik karantindan o‘tgandan keyingina o‘qishiga qo‘yiladi.

"Talabalar - chet el fuqarolari 14 kunlik (RFga kelgan kunidan) o‘z-o‘zini yakkalashdan keyin, shu jumladan COVID-19ga PSR-usulida 10-12 kunlik tekshiruvlar o‘tkazilgan holda, o‘quv jarayoniga kirishishiga ruxsat beriladi", -deb ta’kidlandi agentlikda.

Bundan tashqari, Ta’lim vazirligida qo‘shimcha qilishlaricha, chet elliklarga o‘qishga ruhsat berilishining ikkinchi sharti - chegaralarning ochiqligi.

Agar shu vaqtga qadar chegaralar hamon yopiq bo‘lsa, unda cheklovlar olib tashlanguniga qadar talabalar uchun masofaviy o‘quv jarayoni tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘quv muassasalarida o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrdan boshlanadi.

Masalan, Moskva davlat universitetida barcha chet elliklar o‘qishlarini onlayn rejimida boshlashi va chegaralar ochilgach kunduzgi ta’limga o‘tishlari e’lon qilindi.