Jo Bayden rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Joriy yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Baydenga amaldagi prezident Donald Tramp raqib bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. AQSh Demokratik partiyasi sobiq vitse-prezident Jo Baydenni rasman prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surdi. Ovoz berish natijalari shuni ko‘rsatmoqda.

Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSh uchun oqibatlari haqida

Virtual yo‘qlama paytida, AQSh shtatlari va hududlari partiya delegatsiyalari o‘zlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdi, unda Bayden syezdda ovoz berayotgan partiya vakillarining eng ko‘p ovozini to‘pladi.

Demokratlar syezdi bu haftada koronavirus tufayli virtual formatda bo‘lib o‘tmoqda.

3 noyabrdagi saylovlarda Baydenga amaldagi prezident Donald Tramp raqib bo‘ladi.