Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘anini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Afg‘onistonda 18 avgust mamlakat Mustaqillikka erishgan kun sifatida nishonlanadi. An’anaga ko‘ra, bu kunda mamlakat prezidenti faxriy qorovul jo‘rligida mamlakat Mudofaa vazirligi yonida o‘rnatilgan Ozodlik monumenti poyiga gul qo‘yadi
Sputnik

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Prezident Muhammad Ashraf G‘aniga tabrik yo‘lladi", - deyiladi xabarda.

Afg‘onistonda 18 avgust mamlakat Mustaqillikka erishgan kun sifatida nishonlanadi. An’anaga ko‘ra, bu kunda mamlakat prezidenti faxriy qorovul jo‘rligida mamlakat Mudofaa vazirligi yonida o‘rnatilgan Ozodlik monumenti poyiga gul qo‘yadi.