Samarqand aeroporti bir kunda 3ta charter parvozini kutib oldi

Samarqand xalqaro aeroporti 18-avgust kuni Qozon va Sankt-Peterburgdan 3ta charter parvozi orqali 538 nafar fuqarolarni qabul qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti 18-avgust kuni 3ta charter parvozini kutib oldi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati. 

Qozon dat bitta va Sankt Peterburgdan 2 ta charter parvozlari orqali O‘zbekistonga jami 538 nafar vatandoshlar Samarqand xalqaro aeroportiga xavfsiz keltirildi. Aeroport xodimlari tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda pandemiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha choralar qo‘llanildi. Respublika maxsus komissiyasi belgilagan tartib-qoidalarga asosan barcha fuqaro karantin hududiga olib ketildi, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways kompaniyasi tomonidan 17-30 avgust orasida 23ta charter parvozlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Moskvadan 5ta, Qozondan 4ta, Sankt-Peterburgdan 3ta, Novosibirsk va Vladivostokdan bittadan, Istanbuldan 2ta, Minsk, Seul, Dubay va Nyu Yorkdan bittadan parvozlar amalga oshiradi. 

Samarqand aeroporti bir kunda 3ta charter parvozini kutib oldi