O‘zbekistonda Rossiya harbiylari musobaqani boshladi - video

Rossiya jamoaci "ARMI – 2020" musobaqasining "Yo‘l patruli" yo‘nalishida birinchi mashq o‘tkazdi. Musobaqada Rossiya, Belarus, O‘zbekiston harbiy politsiya va avtoinspeksiya jamoalari ishtirok etadi.
Sputnik

Eslatib o‘tamiz, 23-avgustdan 5-sentabrga qadar Xalqaro armiya o‘yinlari o‘tkaziladi. O‘zbekistonda "Harbiy-tibbiy estafeta" va "Yo‘l patruli" musobaqalari o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya hududida bo‘lib o‘tadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi: "Tank biatloni", "Artilleriya olovi ustasi", "Zirhlangan tank texnikasi ustasi", "Musaffo osmon", "Ot marafoni", "Xavfsiz yo‘nalish", "Elburs halqasi", "Xavfsiz muhit", "Harbiy ralli", "Sodiq do‘st", "Qo‘shin razvedkasi a’lochisi" va "Qurolsoz usta".