Kaskador-mushuk o‘z truklari bilan tomoshabinlarni qoyil qoldirdi - video

Mushuklar ko‘pincha Internetdagi ko‘plab kulgili videolarning bosh qahramonlariga aylanib, dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning qalblarini zabt etadilar
Sputnik

Ijtimoiy tarmoqlarda ajabtovur akrobat-mushuk haqidagi videorolik shiddat bilan ommalashmoqda. Bu hatto akrobat emas, kaskador-mushuk deyish mumkin. Epchil jonivor tomonidan bajarilayotgan truklar virtual-tomoshabinlarni shunchaki lol qoldirmoqda.

Ammo tomoshabinlar orasida skeptiklari ham topiladi. Ularga ko‘ra, dunyodagi jamiki mushuklar - tabiatan sirkchi bo‘ladi. Biroq, hamma mushuklar ham bunisi singari abjir emasligini aytib, yoqimtoy jonivorga millionlab maqtov izohlarini qoldirayotganlar ham ko‘plab topilmoqda.