Yangi bayram: Toshkentda 17-avgustni shahar kuni deb e’lon qilish taklif etildi

Toshkent hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari shahar kuni nishonlash sanasini taklif qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg — Sputnik.  Toshkent hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari shahar kuni nishonlash sanasi taklif qilishdi.

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari – video

“90 yil oldin, 1930-yil 17-avgustda O‘zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga o‘tkazilgandi. O‘zbekiston Sotsialistik Respublikasi Sovetlar markaziy ijroiya qo‘mitasining Qaroriga ko‘ra, poytaxt almashinishining sababi asosiy paxta yetishtirish va sanoat hududi – Farg‘ona vodiysiga yaqinligini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvini optimillashtirish bo‘lgan.

Poytaxt hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17-avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etadi.

Taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.