Jahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 3ta dunyoda jazira ob-havo rekordlari quyidagicha: birinchi o‘rin - 1913-yil 10-iyulda Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi”da 56,7 daraja, 1931-yil iyulda Kelibiya (Tunis) 55 daraja, 2016-yil 21-iyulda Mitribax (Quvayt) 53,9 daraja qayd etildi.
O‘tgan yakshanba kuni Yer yuzidagi eng issiq maskanlardan birida so‘nggi yuz yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi. “O‘lim vodiysi”da (Kaliforniya, AQSh) termometr ustunlari +54,4 darajaga ko‘tarildi.