Jahon neft bozorida vaziyat qanday?

Rossiya Fanlar akademiyasi Energetika tadqiqotlari instituti, dunyo va Rossiyaning energetika majmuasi tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Vacheslav Kulaginning ta’kidlashicha, dunyoda "qora oltin"ga talab asta-sekin tiklanmoqda.
Sputnik

Yaqinda OPEK va Xalqaro energetika agentligi neft bozorining oylik sharhlarini chop etishdi. Avgust oyi boshlarida Brent navi neftining bir barreli narxi 46 dollarni tashkil etib, mart oyidagi narxlarning pasayishini qopladi, ammo keyin OPEK+ doirasida ishlab chiqarishning o‘sishi bozorda muvozanatni o‘zgartirishi mumkinligi sababli yana tushdi.

AQSh Rossiyadan rekord miqdorda neft sotib oldi

Kulaginning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat 2020-yil boshiga nisbatan barqarorroq - buni oldindan tahmin qilsa bo‘lar edi, chunki yozga kelib ko‘p mamlakatlarda koronavirus epidemiyasi tufayli iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilina boshladi.

"Bu yil talab o‘rtacha hisobda kuniga 90 million barreldan biroz oshishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada pasayish - taxminan 8-9%ga", - deya taxmin qiladi mutaxassis.

OPEK+ raqamlari ham bozorda xavotir uyg‘otmoqda: davlatlarning hammasi ham neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajara olmadi.

Ammo shu bilan birga, ijobiy jihat ham bor - pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta "qora oltin"ga global talab taklifdan oshdi. Buni tijorat zahiralari bo‘yicha birlamchi statistika tasdiqlaydi.

"Agar birinchi yarim yillikda (yil boshida-tahr.) ular kuniga o‘rtacha 1,5-2 million barrelga o‘sgan bo‘lsa, endilikda biz AQShda ba’zi joylarda pasayishini, ba’zida esa ko‘tarilishini kuzatapmiz, umuman olganda esa, dinamika pasayayotganini ko‘rsatmoqda va bu talab taklifdan yuqori ekanligini anglatadi", - deydi Kulagin.

U shuningdek, kelgusi hafta bo‘lib o‘tadigan OPEK+ monitoring qo‘mitasining yig‘ilishidan balandparvoz natijalar kutish kerak emasligini ta’kidlaydi: "Katta ehtimollik bilan, joriy tasvir yangi cheklovlar va majburiyatlarsiz qayd etilinadi".

Batafsilroq ma’lumot Sputnik podkastida.

Jahon neft bozorida vaziyat qanday?