Xitoy vaksinasi yil oxirida sotuvga chiqariladi

Xitoyda COVID-19 ga qarshi vaksina sinovning 3-bosqichi boshlandi. Mutaxassislar aytishga qaraganda vaksina 97 % himoya kafolatini beradi va yil oxiriga qadar tayyor bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Xitoyning Sinopharm kompaniyasi koronavirus vaksinasini sinovining uchinchi bosqichini o‘tkazmoqda. Vaksina sotuvga shu yil oxirida chiqarilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjenga asosan. 

Sinopharm BAAda faol bo‘lmagan COVID-19 vaksinasini xalqaro klinik tadqiqotlarining uchinchi bosqichini boshladi. Xitoy vaksinasining bozorga chiqarilishi 2020-yil dekabr oxiriga kutilmoqda.

"Bitta ukol sizga 97% himoya kafolatini beradi, antitanachalar sekin ishlab chiqiladi, oddiy holatda, yarim oy davomida COVID-19ga qarshi turish uchun zarur bo‘lgan darajada ishlab chiqiladi. Agar ikkita ukol qilinsa, himoya kafolati 100 foizni tashkil etadi", - Lyu Szinchjenning bu so‘zlarini "Chjungo van"nashri keltiradi.

Birinchi va ikkinchi emlash orasidagi tanaffus 28 kunni tashkil etadi, ammo alohida holatlarda birdaniga ikkala ukolni ham, birini o‘ng bilakka, ikkinchisi chapga berish mumkin.

Vaksina ishlab chiquvchilari uning narxi yuqori bo‘lmaydi deb hisoblashadi. "Ikkita uqol - 1 ming yuan (taxminan 144 dollar) atrofida", - dedi Lyu Szinchjen.

Kompaniya tahminlariga ko‘ra, Pekin biologik dori vositalari  ilmiy-tadqiqot instituti yiliga 120 million doza vaksina ishlab chiqara oladi. Uxan esa  - yiliga 100 million dozagacha.

Hammani ommaviy ravishda emlash shart emas, deydi Sinopharm rahbari - vaksina faqatgina aholi zichligi yuqori bo‘lgan shaharlarda kerak.