Avtoekspert o‘zbekistonliklarga FJMS polisini shaxsiylashtirishni taklif qildi

Mustaqil avtoekspert, Osipov.pro sayti muharriri Andrey Osipov polisni nima uchun mashinaga emas, balki muayan haydovchiga bog‘lash kerakligini aytib berdi.
Sputnik

Ekspertning fikriga ko‘ra, polisni shaxsiylashtirish haydovchi bilan yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni aniq kuzatib borish imkonini beradi va buning asosida sug‘urta to‘lovlarini o‘zgartirish mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bunday amaliyot yaqin kelajakda joriy etiladi.

"Sug‘urta kompaniyalari IIV bazalariga kirish huquqiga ega bo‘lib, odamning qanday harakatlanishini baholay oladilar. Agar uning jiddiy jarimalari bo‘lsa yoki u yo‘l harakati qoidalarini buzgan bo‘lsa, bu holatda u uchun FJMS (fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash-tahr.) polisining qiymati oshadi", - deya tushuntirdi Osipov.

Biroq, narxning o‘zgarishi asosiy koridor doirasida bo‘ladi, odam haydash paytida o‘zini tutishiga qarab 20-25% atrofida o‘zgarishi mumkin, deydi mutaxassis.

Shuningdek avtoekspert, ba’zi mamlakatlarda hanuz sug‘urta polisi yo‘qligi sababli haydashdan chetlatish amaliyoti mavjudligini aytdi.

Osipovning fikriga ko‘ra, transport vositasi egasining FJMS polisining yo‘qligi sababli avtomashinani tortib qo‘yishni bekor qilish mantiqan to‘g‘ri.

"Avtomobilni jarima maydoniga odam shunchaki polisni olishni unutgani yoki muddatini uzaytirmagani uchun evakuatsiya qilish noto‘g‘ri. Hamma odamlar polisni sotib olishi uchun yagona yechim - uni personifikatsiya qilish", - deydi ekspert.

Batafsil sharhni radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Avtoekspert o‘zbekistonliklarga FJMS polisini shaxsiylashtirishni taklif qildi