Uzbekistan Airways 1-sentabrgacha faqat charter parvozlar amalga oshiradi 

O‘zbekiston Havo yo‘llari avgustda epidemiologik vaziyat tufayli doimiy parvozlarni bekor qilib, 23ta charter parvozi amalga oshirishini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari 1-sentabrga qadar barcha xorijiy parvozlarni bekor qildi. Ushbu muddatga qadar faqat charter parvozlar amalga oshiriladi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, oldin e’lon qilingan va chiptalar sotilgan xorijiy parvozlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat tufayli bekor qilingan. Avgust oyi uchun xarid qilingan chiptalar narxi yo‘lovchilarga qaytariladi yoki boshqa sanaga ko‘chiriladi. 

Avgust oyida davomida O‘zbekiston Havo yo‘llari boshqa davlatlardan vatandoshlarni qaytarish uchun 23ta charter parvozlar amalga oshiradi. 17-30 avgust kunlari kompaniya Moskvadan 5ta, Qozondan 4ta, Sankt-Peterburgdan 3ta, Novosibirsk va Vladivostokdan bittadan, Istanbuldan 2ta, Minsk, Seul, Dubay va Nyu Yorkdan bittadan parvozlar amalga oshiradi.