Dugonasi uyida bo‘lgan: bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi

14 avgust kuni bedarak yo‘qolgan Odina Baxriddinova 16-avgust kuni Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida topildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg — Sputnik.  Bedarak yo‘qolgan Odina Baxriddinova 16-avgust kuni Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

"Kecha, 16-avgust kuni qidiruvda bo‘lgan Baxriddinova Odina Mirzo-Ulug‘bek tumanida topildi. Toshkent shahar IIBB 14-avgust, juma kuni uning qidiruvida yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Dugonasi uyida bo‘lgan: bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi

Qiz dugonasining uyida bo‘lgan ekan. Xavotirga o‘rin yo‘q.

O‘smirning qidiruvida faol ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyilgan xabarda.