Dollar yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,00 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 18-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,00 so‘mga ko‘tarilib, 10 246,71 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 74,04 so‘mga oshdi va 12 133,13 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 2,00 so‘mga yuqorilab, 140,65 co‘mni tashkil qildi.