Bugundan O‘zbekistonda masjidlar qayta ochildi

Jamoa namozlari barcha sanitariya choralariga amal qilgan holda ishlaydi: u yerda niqob va qo‘lqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini o‘lchash choralariga qat’iy rioya qilish kerak bo‘ldi. 
Sputnik

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Bugundan O‘zbekistonda masjid, cherkov va boshqa diniy muassalalar jamoat tadbuirlari o‘tkazish uchun ochildi. bu haqida Respublika Maxsus komissiyasi qarori e’lon qilindi. 

Diniy muassaslarda jamoat tadbirlari o‘tkazish davomida barcha sanitariya qoidalariga rioya qilish talabi saqlanib qolingan. Masjid va cherkovlarga kelgan fuqarolar niqob va qo‘lqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini o‘lchash choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak bo‘ldi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabariga ko‘ra, 5oydan ortiq kutilgan jamoa namozlari fayzli o‘tgan. 17-avgust kuni bomdod jamoa namozi Respublikaning bir necha masjidlarda bo‘lib o‘tgan. Namozdan so‘ng imom domlalar Respublika rahbarlariga, O‘zbekiston xalqi haqiga duoi-xayrlar qilishgan va butun dunyodan kasalliklarni ko‘tarishi so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika Maxsus komissiyasi juma, shanba va yakshanba kunlari juma namozlari va boshqa yirik ommaviy diniy marosimlar o‘tkazishga hozircha ruxsat bermagan.