Saratovlik go‘zal mushaklari bilan hammani hayratda qoldirmoqda

Saratovlik Yuliya Vins pauerlifting bilan shug‘ullanishiga qaramasdan ayol nozik va jozibali bo‘lib qolishi mumkinligini isbotladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Saratovda istiqomat qiluvchi 24 yoshli Yuliya Vins  nafaqat Rossiyada, balki xorijiy davlatlarda mashhur. Muxlislar unga “qaddiqomati Xalk bo‘lgan Barbi” deb nom qo‘yishgan va bu bejiz emas.

Yuliya Pauerlifting bo‘yicha Jahon kongressida ikki karra jahon chempioni hisoblanadi, bir necha rekord o‘rnatgan.

Yuliya Vins Saratovda istiqomat qiladi. 15 yoshida sport zalga qatnashni boshladi, boshida oddiy trenajerlarda mashq qilgan. Keyinchalik pauerlifting bilan faol shug‘ullanishni boshladi.

Buyuk Brinaniyaning Mirror Online nashriga bergan intervyuda Yuliya nega bunday kutilganman tanlov sirini oshkor qildi.

"Hayotim boshqacha bo‘lishini xohladim. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanishga qaror qildim. Sog‘lig‘imni yaxshilash, o‘zimga ishonchni kuchaytirish uchun harakat qildim", - deydi Vins.

Yuliyaning og‘irligi 65 kg, biroq 275 kg tosh bilan mashq qiladi, yotgan holda 175 kg toshni ko‘taradi.

Bugungi kunga qadar Yuliyaning Instagram'dagi akkauntiga milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Shubhasiz, muxlislaring soni faqat o‘sadi.