TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Janubiy Afrikaning qadimiy Kruger milliy bog‘iga tashrif buyurganlar kutilmaganda ajoyib hodisaning guvohi bo‘lishdi.
Savannaning baland maysazorida och sherlar galasi to‘ng‘izni tutib olishdi.
Yaqinida o‘tib ketayotgan buqalar podasi yirtqichlar o‘rtasidagi jangga aralashadi. Bu sherlarni chekinishga majbur qildi.
Milliy bog‘ mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, o‘ljani qutqarish - tabiatda kamdan-kam uchraydigan hodisalardan biri.
Sher va timsohlardan qo‘rqmaydigan buqalar tez-tez yovvoyi hayvonlarni qutqarishga harakat qilishadi.