Uydan chiqib, qaytib kelmadi: bedarak yo‘qolgan 13 yashar qiz qidirilmoqda

Odina Baxriddinova Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Bedarak yo‘qolgan 13 yoshli Odina Baxriddinova qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Abduraxmonova Madinabonu Jaxongir kizi, 2006 goda rojdeniya
Bedarak yo‘qolgan 14 yashar qiz bir oydan beri qidirilmoqda – Toshkent IIBB

2007 yilda tug‘ilgan Baxriddinova Odina Qayum qizi joriy yilning 8-avgust kuni taxminan soat 10.45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 150 sm., sochlari to‘q jigar rang, yuzi yumaloq, ko‘zlari qora.

Kiyimlari: qora kalta ko‘ylak, oyoqlariga “bosonojka” kiygan.

“Qidiruvga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: 71-232-30-40, 71-232-40-50, 71-278-58-40 yoki 102, shuningdek qizning qarindoshlarining raqamlari: 99-646-85-03, 91-548-67-47, 99-842-60-11”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bedarak yo‘qolgan14 yoshli Madinabonu Abdurahmonova qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.