Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalariga e’tiroz bildirdi

Yevroittifoqining 24 davlati vakillari “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish rejalari yuzasidan AQShga norozilik bildirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Germaniyaning Welt gazetasi, Yevroittifoqining 24 davlati vakillari “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish rejalari yuzasidan AQShga norozilik bildirishganini ma’lum qildi.

Germaniya TIV AQShning “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha tahdidlariga keskin javob qaytardi

Ta’kidlanishicha, Yevropa delegatsiyasi AQSh Davlat departamentiga o‘z noroziligini 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida bildirgan. Shu bilan birga, bu qanday darajada amalga oshirilgani aytilmagan, deb yozadi RIA Novosti.

Tarkib jihatidan norozilik YeIning tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borrellning 17-iyuldagi bayonotiga o‘hshaydi. Bayonotda aytilishicha, Yevroittifoqni Vashington tomonidan Yevropa kompaniyalariga, shu jumladan “Shimoliy oqim-2” loyihasi bilan bog‘liq kompaniyalarga, sanksiyalarni qo‘llashi yoki qo‘llash tahdidlari tez-tez uchrayotgani holatlari havotirga solmoqda.

Iyul oxirida AQSh Senati “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi qo‘shimcha cheklovchi choralarni ko‘zda tutuvchi yangi mudofaa budjetini tasdiqladi. Unga muvofik amaldagi sanksiyalar quvurlarni yotqizish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga va ular bilan bog‘liq sug‘urta kompaniyalariga nisbatan qo‘llaniladi.

Avvalroq Sputnik radiosi RF TIV “Shimoliy oqim-2”ni qayta tiklash istiqbollarini baholaganini ma’lum qilgan edi.